Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi.
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekiston shu darajaga kelishida Shavkat Mirziyoyevning beqiyos o‘rni borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident siyosiy irodasi bilan O‘zbekiston dunyo miqyosida ishonchli hamkor sifatida tanilgan.
O‘zbekistonda parlament saylovi oldidan 4-oktabr kuni navbatdagi teledebat bo‘lib o‘tdi. Unda partiya vakillari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, saylovchilardan kelgan hamda raqiblari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi. Debat qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturidan lotin alifbosiga o‘tishni yakunlash, arxeologik obyektlarda ijara tizimini bekor qilish, ajrimlar bojini oshirish, boshqa davlat fuqaroligini olganlardan fuqarolikni bekor qilish, renovatsiya va xalq tabobati qonunlarini qabul qilish kabi masalalar o‘rin oldi.
“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
“Milliy tiklanish” partiyasi muddatidan oldingi prezidentlik saylovida O‘zLiDeP tomonidan ko‘rsatilgan amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qulladi. “Buni davlat, xalq va partiyaning manfaatlari nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri qaror deb hisoblayman”, — dedi partiya yetakchisi Alisher Qodirov.
2021-yilgi prezident saylovida nomzod bo‘lgan Alisher Qodirov muddatidan oldingi saylovda “Milliy tiklanish” partiyasi O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda «Milliy tiklanish» partiyasi 585 probali sof oltindan yasalgan ko‘krak nishoni yasatgani haqida xabarlar tarqaldi. Partiya raisi Alisher Qodirovning izoh berishicha, tilla nishon mahalliy deputatlarni rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv. Nishon 2 mln so‘mga homiylik mablag‘i hisobidan yasatilgan.
“Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov 116-saylov uchastkasida ovoz berdi.
«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi toshkentlik saylovchilar uchrashuvda g‘alabadan umidvor emasligini, biroq, odamlar albatta o‘zgarishini ta’kidladi. «Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi? Afsus bilan aytish kerak, agar odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa menga ovoz bermaydi», — dedi Alisher Qodirov. U saylov kampaniyasi boshida prezident saylovlarida g‘alaba qozonish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
O‘zLiDeP nomzodi va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev «Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi Alisher Qodirovning migrantlarni soliqqa tortish haqidagi taklifini tanqid qilib, «bu soliqqa tortiladigan daromad emasligini» aytdi. «Ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi… Ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak», — dedi u.
«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov so‘nggi paytlarda mahallalarga juda ko‘p vazifalar yuklab yuborilayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalla aslida «odamlarni birlashtiradigan, maslahat, muloqot qiladigan maskan bo‘lishi kerak».
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi nomzodi Alisher Qodirov o‘z saylovoldi dasturini e’lon qildi. Prezidentlikka nomzod bog‘chalarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi, oliy ta’lim davlat tasarrufidan chiqarilishi, monopoliyalarni tugatish, islom moliyalashtirish tizimini joriy qilish va Aliment fondini tashkil qilish singari takliflarni ilgari surdi. Nomzodning to‘liq dasturi.
Dushanba kuni prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi boshlandi. «Milliy tiklanish» partiyasi tashviqot ishlariga start berib, banner va viderolikni e’lon qildi. Alisher Qodirovning familiyasi to‘liq ko‘rinmaganligi sababli, bannerda jumlani quyidagicha o‘qish mumkin: «Alisher Qodir».
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bolalar uchun xavf maydoni deb atab, uning faoliyatini butunlay cheklashni taklif qildi.
«Milliy tiklanish» partiyasi vakolatli vakili partiya debatlar va saylovoldi dasturini ekspertizadan o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. «Alisher Qodirov o‘zining joyini bo‘shatib berishga emas, kurashishga tayyor. Biz hech qachon orqaga chekinmaymiz», — dedi Bahodir Mamatxonov.
Shanba kuni MSK Milliy tiklanish partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ularga guvohnomalar tez kunlarda topshiriladi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov saylovoldi dasturlaridagi o‘xshash jihatlarni «imkoniyat» deb atab, «Adolat» partiyasi bilan prezidentlik saylovlarida har ikki partiyadan yagona nomzod ko‘rsatish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Avvalroq, «Adolat» Alisher Qodirovni saylovoldi dasturidagi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblagan edi.
«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Milliy tiklanish partiyasi bilan mojarolarga izoh berdi. Bahrom Abduxalimov partiya «maqolasida yozgan faktlardan orqaga qaytmasligini» aytib, Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda ayblayotganini yana bir bor tasdiqladi. Qolaversa, u partiya bu to‘g‘risidagi xabarni tarqatish uchun blogerlarga pul to‘laganini inkor etdi. «Debatni Alisher Qodirov bilan ham kutish mumkin», — dedi Bahrom Abduxalimov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting